18-avgustdan OTMning bakalavriat bosqichi kirish testlari natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlarning apellatsiya arizalarini qabul qilish boshlandi. Jarayon 10 kun davom etadi, shikoyatlarni ko‘rib chiqish esa 22-avgustdan boshlanadi.
2023-yilda 888 ming 472 nafar abituriyent test sinovlarida qatnashdi, ularning 439 ming 337 nafari (49,4%) o‘tish balining eng quyi chegarasi bo‘lgan 56,7 ballni to‘play olmadi. Shuningdek, 60 mingga yaqin nomzod kirish imtihonida ishtirok etmadi.
2022 yilda 1 mln 74 mingga yaqin abituriyent OTMlarga imtihon topshirdi, ularning 550 ming nafari (51,2%) o‘tish balining eng quyi chegarasi bo‘lgan 56,7 ballni to‘play olmagan. Eng yomon ko‘rsatkich Toshkent viloyatida (55,9%) qayd etildi.
OTMga kirish uchun 8 avgust kuni test topshirgan abituriyentlarning natijalari e’lon qilindi. Ular to‘plagan ballarini to‘rt xil usulda bilib olishlari mumkin. Bundan tashqari, yomg‘ir sabab Namangandagi imtihonlar belgilangan vaqtidan kechroq boshlandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting